Toshkentni endi Ukrainada o‘qigan hokim boshqaradi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etilgani va uning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Baxtiyor Sultonovich Rahmonov 1959 yil, Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yil Kiyev muhandis-qurilish institutini tamomlagan. 

Muqaddam Mirobod, Sergeli, Olmazor tumanlarida hokim va Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalasi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tumanlarda uning rahbarlik davri ko‘plab “yorqin” xotiralar bilan tilga olinadi. Xususan 2019 yilning avgust oyida QALAMPIR.UZ Rahmonovga oid sharmandali audioyozuvni e’lon qilgandi. Ko‘pgina davralarda qo‘l ostidagi xodimlarini haqoratlagani va bu holat tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgani uchun Rahmonov xalq orasida so‘kong‘ich hokim sifatida tanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing