Toshkentlik yigit o‘z akasini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli yigit kelishmovchilik tufayli o‘z akasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 dekabr kuni soat 16:35 larda Chilonzor tumani, “Toshkent savdo markazi” kompleksi hududidagi 5-blok, “G” qator, 127-savdo do‘koni oldida 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan N.M ishsiz o‘zaro kelishmovchilik oqibatida akasi 1991 yilda tug‘ilgan O.M. ning o‘ng ko‘krak qo‘ltiq osti sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
   
Oqibatda, O.M olgan tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.

Xabar berilishicha, Chilonzor tuman IIB tomonidan N.M. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qism “d” bandi (ta’magirlik niyatida) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing