Toshkentlik haydovchilarda stiker bormi?
Jamiyat
−
03 aprel 2020
5970Ma’lumki, joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarishni taqiqlandi.
Agar kimda-kim ushbu talabga bo‘ysunmasdan, karantin qoidasini buzib maxsus ruxsatnomasiz ko‘chalarda avtomobil bilan harakatlanadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa 30 baravaridan 50 baravarigacha jarimaga tortiladi.
QALAMPIR.UZ va Toshkentdagi holatni o‘rganish maqsadida Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari bilan reydga chiqdi.
Ushbu reyd davomida YPX xodimlari tomonidan avtomobillar to‘xtatilib ularning hujjatlari ko‘zdan kechirildi. Ayrim haydovchilar maxsus ruxsatnoma (stiker)ga ega bo‘lgan holda shahar bo‘ylab avtomobil boshqarayotgan bo‘lsa, yana ayrimlari ruxsatnoma (stiker)siz harakatlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Boshqalar esa zarurat yuzasidan dorixona, shifoxona va oziq-ovqat olib kelish uchun ko‘chaga chiqqanini ma’lum qildi. "Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi", deyishganidek poytaxt ko‘chalarida maxsus ruxsatnoma (stiker)siz kirakashlik qilib yurgan haydovchilarga ham guvohi bo‘ldik. Ularga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rildi.
LiveBarchasi