Toshkent ko‘chalari avtomobillarsiz bo‘shab qoldi

Jamiyat

Ma’lumki, joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarishni taqiqlashga qaratilgan qarori e’lon qilingan edi. Kecha, 30 mart kuni ushbu qaror yanada takomillashtirilib, maxsus ruxsatnoma (stiker) berish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xo‘sh, stikersiz avtomobillarga nisbatan qanday choralar ko‘rilmoqdan? Bundan boxabar bo‘lish maqsadida QALAMPIR.UZ Toshkent ko‘chalarida bo‘ldi. 

Toshkentda avtomobillarning qatnovi o‘tgan ikki kun davomida kamaygan. 

Ayni vaqtda yo‘llarda Yo‘l patrul xizmati, Milliy gvardiya va Patrul-post xizmati xodimlaridan iborat uchlik faoliyat olib bormoqda. Ularning belgilangan vazifalari bor. Post patrul xizmati xodimlari uydan chiqolmaydigan boquvchisiz keksalarga yordam berish, dorixona va bozordan kerakli narsalarni olib kelishda yordamlashish ham yuklatilgan.

Lavhani yuqoridagi slayderda ko‘rishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

karantin Toshkent ko'chalari

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing