Toshkentga yangi soliqboshi tayinlandi
Jamiyat
−
16 noyabr 2021
9736Yunusjon Nasimjonov Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu ma’lumotni Davlat soliq qo‘mitasi QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
Toshkent shahar DSBning sobiq boshlig‘i Normat To‘lqunovich Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Nasimjonov Yunusjon Zoxidovich 1967 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1991 yil Toshkent davlat texnika universitetini sovitish mashinalari va qurilmalari mutaxassisligi, 1997 yil Toshkent moliya institutini moliya va kredit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Yunusjon Nasimjonov mehnat faoliyatini 1991 yilda Tashgoragroprom korxonasi ishchisidan boshlab, keyinchalik 1993-2000 yillarda Toshkent shahar Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori, katta inspektori, bosh inspektori, bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2000-2004 yillarda Toshkent shahar Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, 2004-2010 yillarda Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida, shuningdek 2010-2012 yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
2012-2018 yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2018 yilda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2018-2020 yillarda Farg‘ona viloyati, 2020 yil mart oyidan dekabr oyiga qadar Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yil dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Yunusjon Nasimjonov soliq xizmatining I darajali maslahatchisi unvoniga ega.
LiveBarchasi