Toshkentga yana bir AQSH amaldori keladi
Jamiyat
−
23 fevral 2019 7299 1 daqiqa
Toshkentda O‘zbekiston - AQSH maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 25 fevral kuni O‘zbekistonga AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells boshchiligidagi delegatsiya keladi.
Tashrif dasturidan ikki tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini hamda O‘zbekistonning vazirlik va idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni general Jozef Votel boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr