Toshkentga olib ketilayotgan yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Jamiyat
−
12 yanvar 2023
6581Toshkentga olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shti Sirdaryodagi Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lasetti rusumli avtotransport vositasi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, avtotransportda fuqaro A.R.ga tegishli 313 kg veterinariya hujjatlari bo‘lmagan iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shti borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi