Toshkentga olib ketilayotgan 830 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatildi
3-sahifa
−
01 iyun 2022 4314 1 daqiqa
Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 830 kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 may kuni soat 23:30 larda Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt mashinasi “Umakay” muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilgan.

Chiroqchi tumanida yashovchi D.A. boshqaruvida bo‘lgan mashina yukxonasi tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda u yerda veterinariya ma’lumotnomasi bo‘lmagan, kelib chiqishi noma’lum 830 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht borligi aniqlangan.
Mazkur go‘sht viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirib ko‘rilganda iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan.
Avvalroq, Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga veterenariya ma’lumotlarisiz 150 kilogrammga yaqin mol go‘shtini olib kirayotgan Cobalt avtomobili to‘xtatib qolingani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust