Toshkentga Nyu-Yorkdan uchib kelgan yo‘lovchining sumkasidan o‘q chiqdi
3-sahifa
−
10 aprel
5372Toshkent shahriga AQSHning Nyu-York shahridan uchib kelgan yo‘lovchining sumkasidan o‘qotar qurolning o‘qlari topildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Nyu-Yorkdan uchib kelgan, yashil yo‘lakdan harakatlangan yo‘lovchiga tegishli bir dona qora rangli chemodan rentgen apparati orqali ko‘zdan kechirilganda, undagi tasvirlar bojxona xodimida shubha uyg‘otgan. Ushbu bagaj xolislar ishtirokida sinchkovlik bilan tekshirilganda, ichidagi kiyim-kechaklar orasidan 3 dona “Belom” yozuvli 7.6x39 kolibrili o‘qotar qurolining o‘qlari borligi aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘lab turuvchi Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara postida pnevmatik qurol va 1 500 dona o‘qni yashirincha olib kirishga uringan fuqaro ushlangan edi.
LiveBarchasi