Toshkentga yirik partiyada paqildoq olib kirayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahriga ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 noyabr soat taxminan 01:00 larda Ohangaron tumani “Chinor” YPX maskanida tungi xizmatni o‘tayotgan Toshkent viloyati IIBB YPX xodimlari tomonidan “Namangan-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobili to‘xtatiladi.

“Avtomobil va uning salonini ko‘zdan kechirish davomida qoplar va qutilarga joylashtirilgan 405 dona (mushaklar) pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokidan rasmiylashtirilib olinadi va qonuniy chora ko‘rish uchun hududiy IIB yuboriladi”, deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pirotexnika

Baholaganlar

86

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing