Toshkentga 2016 yilda yo‘q qilingan tramvay qaytishi kutilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, bugun, 10 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketgan edi.

Tashrif davomida Prezident Samarqandda yangi qurilgan yer osti tonneli, yo‘llarni ko‘zdan kechirdi, xavfsiz yo‘l, xavfsiz piyoda konsepsiyasini yaratish haqida so‘zladi. Shuningdek, davlat rahbari tramvayni Toshkentga qaytarmoqchligi haqida ham aytdi.

“Tramvayni Toshkentga ham qaytarmoqchimiz. Fuqarolardan bu borada ko‘plab xatlar va murojaatlar kelyapti”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Samarqandga safarini xalqaro aeroportni ko‘zdan kechirishdan boshlagan.

Ma’lumot uchun, 2016 yil 2 may kuni Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va eng yirik yengil relsli transport tizimi – Toshkent tramvaylari tarixga aylangan edi. Rasmiylar buni transport vositalarining doimiy ko‘payib borishi va tramvay yo‘nalishlarining samarasiz ishlashi bilan izohlashgandi.

Avvalroq, jurnalist Xayrulla Nuriddinov Toshkentda tramvay faoliyatini tiklashni taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing