Toshkentdan uy olmoqchi bo‘lgan fuqaroni chuv tushirishdi

Jamiyat

image

Olmaliq shahrida yashovchi N. O. Toshkentdan uy sotib olishni anchadan buyon rejalashtirib yurgandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining "Postda" nashri yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, shunday kunlarning birida uyiga mehmon bo‘lib kelgan surxondaryolik F. T. unga "maslahat" berdi. Ayni paytda poytaxtning Sergeli tumani hududida ko‘p qavatli uylar qurilayotganini, agar rozi bo‘lsa, o‘sha uylardan xonadon olib berishini aytib qoldi.

Bu mezbonning ko‘nglidagi gaplar edi. Darrov rozi bo‘ldi. Mehmonning gaplariga ishonib, xonadon uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida 50 million so‘mni uning qo‘liga tutqazdi.

Oradan kunlar, oylar o‘tdi. Lekin va’da qilingan uydan darak bo‘lmadi. Aldanganini bilgan N. O. holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qildi.

Dastlabki surishtiruvlarda ma’lum bo‘ldiki, F. T. pulni allaqachon o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkentdan uy olmoqchi bo'lgan fuqaroni chuv tushirishdi

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar