Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchgan samolyotda o‘g‘rilik sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
17 avgust
12424Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024 yil 15 avgust kuni HY553 Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan aviaqatnovida yo‘lovchilarning qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlashga urinish sodir bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.
“Aviaqatnov Kuala-Lumpurga yetib kelgach, havo kemasi ekipaji tomonidan politsiya xizmati chaqirtirilgan. Bortdagi yo‘lovchilarga huquqni muhofaza qilish organlarining chaqirtirilgani e’lon qilindi. Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini ko‘zdan kechirish bo‘yicha tegishli protseduralarni amalga oshirdi, ushbu jarayonda esa barcha buyumlar topildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, gumon qilingan chet el fuqarolari shu joyning o‘zida ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Malayziya poytaxti politsiya xizmatiga olib ketilgan.
“Afsuski, shunga o‘xshash holatlar ko‘plab aviakompaniyalarning havo kemalarida sodir bo‘ladi. Uzbekistan Airways bunday hodisalarga qarshi qattiq kurashni qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu yo‘nalishda huquqni muhofaza qilish organlari va belgilangan mamlakatlarning migratsiya xizmatlari bilan birgalikda ish olib bormoqda. Yo‘lovchilarni profayling qilish amaliyoti parvozdan oldin aeroportlarda amalga oshiriladi. Shubhali shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan, parvoz paytida ularni kuzatish uchun ekipajga taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi