Toshkentdan Istanbulga 1 kg dan ortiq zargarlik buyumlarini olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
17 aprel 3444 1 daqiqa
Kecha, 16 aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportidan 1 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlarini Turkiyaning Istanbul shahriga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Toshkent-Aero” ixtisoslashgan bojxona kompleksi xabar berdi.
Qayd etilishicha, maxsus xodimlar tomonidan hamkorlikda aniqlangan mazkur zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 819 million so‘mdan oshgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Buxoro aeroportida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi. U mamlakat hududidan 37 dona og‘irligi 226,04 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari hamda tarixiy ahamiyatga ega 16 dona ko‘krak nishonlari va tangalarni olib chiqmoqchi bo‘lgandi.
Live
Barchasi