Toshkentdan Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatildi
3-sahifa
−
21 may 2761 1 daqiqa
Toshkent aeroportida 2 kilogrammga yaqin oltinni noqonuniy Dubayga olib chiqmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir ortidan katta miqdordagi oltin quymalarning mamlakatdan noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yilgan.
Xususan, Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishni rejalashtirgan, 1980 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxsning yuklari tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Natijada unga tegishli chamadonning ichki tayanch qismiga jami 1 kg 923 gr oltin quymalar yashirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga 1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 182-moddasi (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan sudlangan fuqaroning aloqadorligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 3 dona qadimiy tangalarni boshqa mamlakatga olib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi