Toshkentdan Chorvoqqacha bo‘lgan yo‘l pulli bo‘lishi mumkin
Jamiyat
−
24 Sentabr
5213Toshkent shahrining Bektemir tumanidan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismini pullik qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Turkiyaning Onur Group kompaniyasi Bektemir tumanidan Chirchiq, G‘azalkent shaharlari va Chorbog‘ qo‘rg‘oni yo‘llarini ta’mirlab, pullik yo‘lga o‘tkazish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borgan.
“Davlat-xususiy sheriklik asosida 4P12 avtomobil yo‘lining 6-77 km qismini asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilib, pullik yo‘lga o‘tkazish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi”, deyiladi vazirlik xabarda.
Joriy yilning 18 sentyabr kuni Onur Group kompaniyasi ekspertlari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Avtomobillar qo‘mitasi xodimlari bilan birgalikda yo‘l holati o‘rganilgan.
Shohjahon Majidov
LiveBarchasi
26 noyabr