Toshkentdagi “zapravka”da avtomobilning gazballoni portladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida "Gaz 322132" rusumli avtomashinaning gazballoni portlab ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Voqea kecha, 15 mart kuni soat taxminan 19:30 larda sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro  D.D.ga tegishli bo‘lgan "Gaz 322132" rusumli transport vositasiga gaz to‘ldirish vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan gazballonining trubkasida chaqnash sodir bo‘lgan.

YHXB xabariga ko‘ra, gazballonlar butun holatda portlamagan. Bosim bilan gazballoni himoya qopqog‘i chiqib ketishi oqibatida gaz quyish shoxobchasi tom qismi va transport vositasiga zarar yetgan.

Bildirilishicha, ushbu holat oqibatida fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi gaz "zapravka”da “Kamaz” rusumli yuk mashinasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent gaz ballon zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing