Toshkentdagi yo‘nalishlardan biriga elektrobus olib kelindi

Jamiyat

image

Toshshahartransxizmat AJ va Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi o‘rtasidagi memorandumga asosan Toshkent shahri jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish rejalashtirilgan edi. Shunga muvofiq bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirildi. 

Bunga qadar esa “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan elektrobusni yo‘nalishga chiqarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2 ta joyda elektrobusni quvvatlash shaxobchalari o‘rnatildi. 

Yaqin kunlarda elektrobusni qisqa masofali yo‘nalishlardan biriga biriktirish rejalashtirilmoqda.
Maxsus komissiya ushbu elektrobus bilan bog‘liq barcha holatlarni to‘liq o‘rganib chiqadi.

Xususan, O‘zbekistonning issiq iqlimida elektrobusning harakatlanish imkoniyatlari, yo‘lovchilar sog‘ligiga uning ta’siri va boshqa jihatlar atroflicha tahlil qilinadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent elektrobus

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing