Toshkentdagi yo‘llarda navbatdagi yotiq chiziqlar paydo bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, poytaxt Toshkentdagi chorrahalarda Singapurdagidek vafel chiziqlar paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Joriy haftada Toshkentdagi avtomobil yo‘llarida navbatdagi yangi yo‘l chizig‘i paydo bo‘ldi. Mazkur chiziq ham avtomobillar tirbandligini kamaytirishni nazarda tutadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xabar bermoqda. 

“Xalqaro tajribaga ko‘ra ushbu chizmaning ikki xil turi bor. Ularning biri bilan haydovchilar o‘tgan hafta tanishib, unga “vafel chizmasi” degan nom berishdi (tashqi ko‘rinishi sababli). Endi ikkinchi turi ham qo‘llanilmoqda. U Amir Temur va Osiyo ko‘chalari kesishmasida (“Qozog‘iston” kinoteatri) yotqizildi. Chizma chorraha chegarasini belgilaydigan ikki sariq rangdagi chiziqlarning kesishmalaridan iborat”, deyiladi xabarda.

Bir nechta katta chorrahalarda sinov chizmalaridan tashqari o‘ng tomonga buriluvchilar uchun “cho‘ntaklar” tashkil etilib, chorrahalardagi holat yanada yengillashadi. Ushbu imkoniyatlarni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, hozirning o‘zida ko‘plab chorrahalarda chizmalar o‘ng tomonga burilish uchun imkon qoldirilgan holda yotqizilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

IIBB yotiq chiziqlar

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing