Toshkentdagi YTHda 2 ta avtomobil yonib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining markazida sodir bo‘lgan YTH tufayli ikkita avtomobilda yong‘in kelib chiqqan: vaziyat qisqa vaqt ichida ikkita yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan bartaraf etilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 10 mart kunidan 11 mart kuniga o‘tar kechasi, Shota Rustaveli ko‘chasida Nexia-3 va Spark rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng ikkala mashinada ham yong‘in kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, mazkur voqeada jabrlanganlar yo‘q, chunki haydovchilar o‘z vaqtida avtomobildan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Bir necha daqiqadan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Yong‘in uch daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing