O‘lgan kim: otami yo bola? YOXBBning gapi Toshkent YOXBnikiga to‘g‘ri kelmayapti

Jamiyat

image

Avvalroq, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumotiga asosan Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi xususiy uylardan birida yuz bergan yong‘in natijasida uy egasining voyaga yetmagan o‘g‘lining kuygan holdagi jasadi topilgani haqida xabar bergan edik.

Mirobod tumanidagi yong‘in yuzasidan Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ham ma’lumot berdi, biroq bunda bosh boshqarma ma’lumotidan farqli jihatlari mavjud.

Poytaxt YOXB bugun, 26 noyabr kuni Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasi Og‘abegim ko‘chasida joylashgan 30-uyda yong‘in sodir bo‘lganini tasdiqladi.

Biroq yong‘in natijasida voyaga yetmagan bola halok bo‘lganini rad qilyapti. Toshkent YOXB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish vaqtida bolaning emas, 1970 yilda tug‘ilgan I.V.ning jasadi topilgan.

Yong‘inga chiqishiga sigaret chekishdagi ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan. Hozirda zarar miqdori aniqlanyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing