Toshkentdagi yangi uylar oldi-sotdisi uchun davlat boji bekor qilinadi
Jamiyat
−
16 mart 2020
8011O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Loyixa bilan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinmoqda.
Amaldagi tahrirga ko‘ra, notarial haratkatlarni amalga oshirganlik va yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun ma’lum davlat boji stavkalari belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda shartnoma summasining 5 foizi, biroq BHMning kamida 10 baravari miqdorida hisoblanadi.
Loyiha tasdiqlansa mahzur band olib tashlanadi. Ya’ni doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda davlat boji to‘lanmasligi mumkin.
Shuningdek, davlat boji Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan — BHMning 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda shartnoma summasining 10 foizi miqdorida undiriladi.
LiveBarchasi