Toshkentdagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 13 oktyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Universam” bozori orqasidagi yangi qurilgan uyda yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:28 da Yunusobod tumanining “Akbarobod” MFY hududida, yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:36 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:03 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yangi qurilayotgan binoning tom qismida qurilish chiqindilari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joylashgan Magic city parkiga kirish qismida yong‘in chiqqandi. Yong‘in oqibatida bog‘ning ichkarisiga kirish qismidagi kabina yonib zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Toshkent shahri “Universam” bozori “Akbarobod” MFY

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made