Kurs UZS

USD

12 980.89

11.33

EUR

14 722.93

-45.51

RUB

158.67

1.58

Toshkentdagi yana bir ko‘cha 5 oyga yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 aprel kunidan boshlab Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofi deyarli besh oyga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yerosti tunneli qurilishi boshlanishi munosabati bilan barcha turdagi transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Yopiladigan yo‘l qismi: CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘iga kiraverishgacha.

Yopilish muddati: 2025 yil 13 aprel 00:00 dan 1 sentyabrgacha.

Hokimlik shahar aholisi va va poytaxt mehmonlaridan ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 aprel kuni Toshkent shahrida yirik sport tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangi O'zbekiston shoh ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing