Toshkentdagi yana bir ko‘cha 1 oyga yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining yana bir qismi  Shastri ko‘chasi bilan chorrahadan Yahyo G‘ulomov ko‘chasigacha bo‘lgan hudud rekonstruksiya ishlari munosabati bilan 27 mart kuni ertalab soat 7:00 dan 30 aprelga qadar transportlar harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘cha “aholi ehtiyojlari va zamonaviy shaharsozlik standartlariga javob beradigan 24 soatlik maskanga”, ya’ni ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va albatta, shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanmoqda.

“Shu munosabat bilan bugun, 27 mart soat 7:00 dan boshlab, 30 aprelga qadar “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21 martdan 1 mayga qadar Toshkent shahri Shayxontohur tumanining Shofayzi ko‘chasi avtotransport harakati uchun yopilgandi. mazkur ko‘chaning yopilishiga “Daryo Bo‘yi Business City” loyihasi doirasida Janggoh, Chuqurko‘prik va Zaxariq ochiq kollektorlarining yopilishi, shuningdek, avtomobil yo‘li, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi sabab bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing