Toshkentdagi Vebster universiteti markaziga direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Rasul Ne’matovich Rahmonov Toshkent shahridagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori etib tayinlandi.

Markaz oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlik, tabiiy fanlar va pedagogika sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Vebster

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing