Toshkentdagi uylarning birida yong‘in kelib chiqdi

Jamiyat

image

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Toshkent shahridagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 may kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Sergeli tumani 6-Navro‘z ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari yong‘in sodir bo‘layotgan joyga yetib borib, bir necha daqiqa ichida yong‘inni to‘liq bartaraf etgan.

Qayd etilishicha, yong‘inning kelib chiqish sabablari mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.

Ushbu hodisada jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing