Toshkentdagi uylardan biriga o‘t ketdi
3-sahifa
−
13:00 2735 1 daqiqa
Bugun, 16 iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:05 da Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadon yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 10:10 da yetib borib, yong‘in soat 10:23 da qurshab olingan va soat 10:28 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Kogon shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar fuqaro qutqarilib, yana 7 kishi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan edi.
Live
Barchasi