Toshkentdagi tumanlarning biriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Tapil Mahamadziyoyev Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 15 iyun kuni Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz to‘qqinzinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan.

Sessiyada hozirgacha Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Tapil Mahamadziyoyev Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Tapil Mahamadziyoyev 1976 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bektemir

Baholaganlar

388

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing