Toshkentdagi tumanlardan biriga hokim tayinlandi
Jamiyat
−
25 Sentabr
6146Bobur Yo‘ldoshovich Abubakirov Toshkent shahridagi Shayxontohur tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bobur Abubakirov 2019 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Ma’lumot uchun, Bobur Abubakirov 1983 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 2015 yilda Yaponiya xalqaro universitetini Xalqaro iqtisod yo‘nalishlarida tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimidan ozod etilgan Behzod Anvarovich Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga rahbar etib tayinlangandi.
LiveBarchasi