Toshkentdagi sex va do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Chilonzor tumani “Navbahor” ko‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 9 aprel kuni soat 18:49 da Toshkent shahri Chilonzor tumani “Navbahor” ko‘chasi “Charxi Komolon” MFY hududidagi oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in kelib chiqqan. 

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 18:55 da voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 19:14 da o‘rab olinib, 19:25 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing