Toshkentdagi tarixiy madrasada hojatxona qurilgani aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahridagi XVI asrga oid arxitektura yodgorligi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirda Toshkent shahridagi “U.M.” jamoat fondi mansabdor shaxslari tomonidan Chilonzor tumanidagi XVI asrga oid Abdulqosim Eshon madrasasi arxitektura yodgorligi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilishi va kommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazilishi oqibatida yodgorlikka 65,6 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
 
Shuningdek, Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi MCHJ rahbari O.A. va boshqalar tomonidan to‘liq buzib tashlanib, yodgorlikka 554,4 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, Andijon shahridagi XX asrga oid Yunushoji masjidi arxitektura yodgorligining 113,7 metr kub qismi fuqaro M.K. tomonidan buzib yuborilib, yodgorlikka 801,5 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

“Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid yodgorlik molxona qurish uchun buzib yuborilgani aniqlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Namangan Andijon Abdulqosim Eshon madrasasi Sirli masjid Yunusxoji masjidi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing