Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi qayta ochiladi

Jamiyat

image

2024 yilning 27 noyabridan Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi barcha turdagi transport harakati uchun yopilishi haqida ma’lum qilingandi. Ushbu ko‘cha kesishmasi avtomobillar harakatlanishi uchun ochiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Taras Shevchenko ko‘chasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar (gastronomik)  ko‘chani tashkil etish bo‘yicha loyihaning ikkinchi bosqichida rejalashtirilgan ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan ertaga, 4 fevral kuni soat 18:00 dan Taras Shevchenko ko‘chasi (94-umumta’lim maktabi)dan Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi barcha turdagi avtotransport harakatlanishi uchun ochiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yo‘l ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilishi sababli Beruniy shoh ko‘chasining quyidagi yo‘nalishlarida transportlar harakati vaqtincha cheklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Taras Shevchenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar