Toshkentdagi somsaxonaga o‘t ketdi 

3-sahifa

image

Kecha, 9 dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan somsaxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat 20:03 da Uchtepa tumanining Foziltepa ko‘chasida joylashgan somsaxonada yong‘in chiqqani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:07 da yetib borib, yong‘in soat 20:20 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan sexda yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing