Toshkentdagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanidagi sintepon ishlab chiqaradigan sexlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt Toshkentning Yakkasaroy tumani Qushbegi massivida joylashgan sexda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi xabar Favqulodda vaziyatlar vazirligining  navbatchilik qismiga kecha, 18 aprel kuni soat 20:46 da kelib tushgan.

Voqea joyiga tez orada Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.

Qayd etilishicha, soat 21:21 da yong‘in qurshab olinib, 21:41 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan oqibatida jabrlanganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing