Toshkentdagi savdo markaziga bomba qo‘yib ketilgani rostmi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi savdo markazlaridan biriga bomba qo‘yib ketilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, shahardagi ayrim savdo majmualarida Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida belgilangan rejaga muvofiq navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari shaharda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda odamlar gavjum joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshirilayotgani bildirilgan.

“Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni hamda vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “Dok-1 Maks” siropi ishi ko‘rib chiqilayotgan sud binosiga bomba qo‘yib ketilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq keyinchalik bu o‘quv-mashg‘ulotlari ekani ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bomba savdo markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing