Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasiga o‘t ketdi
3-sahifa
−
19 dekabr
3201Bugun, 19 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:04 da Mirzo Ulug‘bek tumani Yalang‘och dahasida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:07 da yetib borib, yong‘in soat 11:15 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida dahshatli yong‘in sodir bo‘lgandi. Oqibatda 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir necha fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi