Andijonda ovqatlanish shoxobchasi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 25 avgust kuni Andijon viloyati, Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 14:42 da 112 tizimi orqali Andijon viloyati, Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida (bozor hududida bo‘lmagan) yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 14:48 da yetib borgan va sodir bo‘lgan yong‘in soat 14:58 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida ovqatlanish shoxobchasining shift, tom qismi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 500 kv. metr maydoni saqlab qolingan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing