Toshkentdagi otxonalarning birida 2 bosh ot ochlikdan nobud bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent otchopari” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli otxonada hayvonlar ochlikdan o‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Toshkent otchopari” AJ otxonasining voqea sodir bo‘lgan uchta bo‘lmasi fuqaro Q.S.ga ijaraga berilgan va u bu yerda 14 bosh ot saqlagan. Otlarga yollanma veterinariya xizmati ko‘rsatilmagan. Yetarli va zaruriy ozuqa jamg‘arilmagan. 

Noto‘g‘ri oziqlantirish oqibatida 2 bosh ot nobud bo‘lgan, qolganlari o‘ta ozg‘in holatga kelib qolgan.

Keltirilishicha, hozirda “Toshkent otchopari” AJda Ichki ishlar vazirligining 60 bosh, Milliy gvardiyaning 18 bosh, fuqarolarga tegishli 72 bosh, jami 150 bosh ot saqlanadi. Mazkur otlar veterinariya xizmati tomonidan kuydirgi kasalligiga qarshi emlangan. 

“Brutsellyoz kasalligiga qon namunalari olinib, diagnostik tekshirish uchun Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga topshirilgan va diagnostik tekshiruvdan o‘tkazilgan”, deyiladi xabarda.

Tekshiruvlar natijasida otlarda yuqumli va xavfli kasalliklar aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing