Toshkentdagi oshxonada yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
24 may 5618 1 daqiqa
Bugun, 24 may kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan oshxonada yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:40 da Yunusobod tumanining Otchopar ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:48 da yetib borib, yong‘in soat 18:55 da o‘chirilgan.
FVBning yozishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 may kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in chiqqandi.