Toshkentdagi omborxonaga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 17:05 da Yashnobod tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan soat 17:08 da qutqaruv ekipajlari yetib borgan va yong‘in soat 17:30 da qurshab olindi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar tushmagan. Ayni paytda yong‘in bartaraf etilmoqda.

Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Qo‘shimcha malumot taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar “Bo‘ston” MFY Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan xo‘jalik mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yashnobod omborxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing