Toshkentdagi masjidlarda o‘g‘rilik qilib yurgan shaxs 6 yilga qamaldi
3-sahifa
−
03 aprel
5996Toshkent shahridagi masjidlarda o‘g‘rilik qilib yurgan shaxs 6 yilga qamaldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi tomonidan fuqaro I.O.ga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, fuqaro I.O. Toshkentdagi “Abu-Saxiy” savdo markazida joylashgan jome masjidi tahoratxonasidagi kiyim qo‘yish joyida turgan kurtkalardan birining cho‘ntagidagi 60 ming so‘m va Samsung A24 rusumli telefonni o‘g‘irlab, voqea joyini tark etgan.
Boshqa kuni esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi tahoratxonasiga kirib, Samsung A23 telefonini “qo‘lga kiritgan”.
Sud hukmiga ko‘ra, I.O.ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr