Toshkentdagi maktablardan birida janjal yuz berdi (video)
3-sahifa
−
26 avgust 2023
42965Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 160-sonli maktabda o‘qituvchilar va direktorga asossiz ayblovlar qo‘yilgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda 160-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati faoliyati yuzasidan e’tiroz va shikoyatlar ko‘paygan. Shu shikoyatlar bo‘yicha Toshkent shahar hamda Yakkasaroy tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganishlar olib borildi. O‘rganish va surishtiruv bo‘yicha tegishli hujjatlar yakuniy xulosa uchun huquq-tartibot idoralariga taqdim etilgan.
“Videolavhada aks etgan holatning maktab ma’muriyati va o‘qituvchilariga umuman aloqasi yo‘qligini ma’lum qilamiz. Unda o‘quvchining buvisi hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot aks etgan, xolos”, deyiladi bu haqdagi munosabatda.
Hozirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi 160-maktabdagi vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 149-maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi