Toshkentdagi mahalliy aeroport noma’lum muddatga yopilmoqda

Jamiyat

image

Ertaga, 19 avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiriluvchi “Toshkent 3” aeroporti texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga yopiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ xabar qildi.

“Respublika bo‘ylab amalga oshiriluvchi barcha aviaparvozlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan jadvalga muvofiq bajariladi”, deyiladi xabarda.

Katta ehtimol mahalliy aeroport Afg‘onistondagi keskin vaziyat sabab insonparvarlik parvozlarini amalga oshirish uchun yopiladi. Ammo bu haqda rasmiy xabarda hech qanday ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 avgust kuni Germaniya Qurolli Kuchlari samolyoti Qobuldan yuzlab insonlarni evakuatsiya qilib, Toshkentga olib keldi. Ular orasida germaniyaliklar, Yevropaning boshqa davlatlari fuqarolari va afg‘onlar bor. Evakuatsiya qilinganlar charter reysi orqali Frankfurtga jo‘nab ketadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing