Toshkentdagi mahallani suv bosdi (foto)
Jamiyat
−
05 iyun 2023
15672Kecha, 4 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani “Junariq” mahallasidagi 9 ta xonadon va 3 ta ishlab chiqarish korxonasi hududiga suv toshishi kuzatilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan zudlik bilan o‘rganilgan va bartaraf etishga kirishilgan. Tegishli xizmatlar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida suv toshqini to‘liq bartaraf etilgan. Buning uchun Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 9 ta maxsus texnika, 7 ta suv tortish moslamasi, “Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasidan 2 ta vodovoz hamda Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasidan 2 ta vodovoz jalb etildi.
Aniqlanishicha, mazkur holat Toshkent viloyati Bo‘zsuv irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarini ham ogohlantirmasdan Sergeli tumani “Jo‘nariq” MFYdan oqib o‘tuvchi Jo‘n kanalining hamda Chilonzor tumani, Seul ko‘chasidagi Bo‘rijar kanalining suv olish inshootlari noma’lum sabablarga ko‘ra yopilganligi hamda Salar kanaliga to‘liq suv ochilganligi oqibatida yuzaga kelgan.