Toshkentdagi liftda vafot etgan ayol to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 32 yoshli ayol elektr o‘chgani sababli liftda qamalib qolib, vafot etgani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 iyul kuni soat taxminan 14:50 larda 32 yoshli ayol Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftiga kirib, qaytib chiqmagan. 26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoshlari tomonidan ichki ishlar idorasiga bedarak yo‘qolganligi haqida xabar berilgan.

Tekshirish davomida ko‘p qavatli uyda yashovchilar ushbu lift bir necha kundan buyon ishlamayotgani, oldin ham nosozlik holatlari ko‘p takrorlangani haqida ma’lum qilgan. 

Shifokorlarning dastlabki tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga yurakning ishemik kasalligi, o‘tkir yurak, qontomir va nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

“Jamoatchilikda ushbu voqea bo‘yicha bildirilayotgan taxminlar tergovga qadar tekshiruv davomida to‘liq tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Toshkent Bosh prokuratura lift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing