Toshkentdagi ko‘p qavatli uyga o‘t ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 13 iyun kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:21 da Nukus ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tashqi qismi (fasadi) yonayotgani to‘g‘risida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari soat 10:23 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ish boshlagan. Hozircha yong‘in to‘liq o‘chirilmagan.

“Aytilgan manzilda ko‘p qavatli uydagi barcha fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi dorixonada yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in oqibatida dorixonaning 40 kv.m maydonida ichki va tom qismi, shuningdek, dorixonaga yaqin joyda joylashgan Rishton tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasining 70 kv.m maydonida tom qismi yonib, zararlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yakkasaroy ko'p qavatli uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing