Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
16 mart 2463 1 daqiqa
Bugun, 16 mart kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:30 da tumanning “Lashkarbegi” MFY, Hamid Olimjon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari soat 16:38 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 16:52 da qurshab olingan va soat 16:59 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘lgandi.