Toshkentdagi ko‘chaning bir qismi harakat uchun yopiladi

Jamiyat

image

Yo‘l ta’mirlash ishlari tufayli 14 aprel kuniga qadar Zarqaynar ko‘chasining O‘zbek Drama teatridan Sebzor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi harakatlanish uchun yopiladi.  Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi Qo‘yliq ota maqbarasidan Bektemir shoh ko‘chasiga chiquvchi ko‘prik 20 aprelgacha harakatlanish uchun yopilishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing