Toshkentdagi ko‘chalardan biri 3 kunga yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Jaloyir ko‘chasi ertaga, 18 aprel kunidan e’tiboran uch kunga yopiladi. Bu haqda Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18-19-20 aprel kunlai ko‘chadra asfaltlash ishlari olib borilishi tufayli ushbu kunlarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Hokimlik haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 aprel kunidan boshlab Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofi deyarli besh oyga yopildi. Bunga shaharcha hududi atrofida yerosti tunneli qurilishining boshlanishi sabab qilib ko‘rsatildi. Shuningdek, ushbu sanadan e’tiboran Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Turkqo‘rg‘on ko‘chasining bir qismi ham yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli Jaloyir ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing